Digital Team idoralararo raqamli jamoasi 2027-yil yakunigacha faoliyat yuritadi

eʼlon qilindi
Jamoaga Favqulodda vaziyatlar vazirining raqamlashtirish, innovatsiya va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari rahbarlik qiladi
«Digital Team» idoralararo raqamli jamoasi 2027 yil yakunigacha faoliyat yuritadi
Foto: Pexels

O‘zbekistonda «Digital Team» idoralararo raqamli jamoasining faoliyat ko‘rsatish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Nizomda idoralararo raqamli jamoaning maqsadi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda 2027 yil yakunigacha faoliyat ko‘rsatish tartibi belgilab berilgan.

Hujjatga ko‘ra, jamoaga Favqulodda vaziyatlar vazirining raqamlashtirish, innovatsiya va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari rahbarlik qiladi.

«Digital Team»ning asosiy vazifalari aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasiga raqamli texnologiyalar, zamonaviy raqamli yechimlar, dasturiy mahsulotlar, elektron xizmatlar va innovatsiyalarni joriy etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, idoralararo raqamli jamoa sohani raqamlashtirish bo‘yicha tashabbus va takliflar ishlab chiqadi. Uning yig‘ilishlari hamda ularda ko‘rib chiqilgan masalalar bayonnoma asosida rasmiylashtiriladi.

Yig‘ilish bayonnomasi yig‘ilish o‘tkazilganidan keyin 3 ish kuni ichida idoralararo raqamli jamoa rahbari tomonidan hamrahbar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri charm-poyabzal sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar joriy etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek