Shavkat Mirziyoyev Tbilisida Gruziya qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziyaga davlat tashrifi doirasida 3-iyul kuni Tbilisi shahridagi Qahramonlar maydoniga tashrif buyurdi.
Davlat rahbari Gruziya birligi uchun halok bo‘lgan qahramonlar yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.



Marosimda Shavkat Mirziyoyev sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Gruziya davlat madhiyalari yangradi.
Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vaziri bilan uchrashdi
Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev va Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze davlat rahbari sharafiga o‘tkazilgan qabul marosimida uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat tashrifi doirasida ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlik masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Gruziyaning oliy davlat mukofoti – «Oltin mo‘yna» ordeni bilan taqdirlangandi. Ma’lum qilinishicha, 1998-yilda ta’sis etilgan «Oltin mo‘yna» ordeni Gruziyaning oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. U xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, gruzin madaniyati, ilm-fani va san’atini targ‘ib etish yo‘lidagi alohida xizmatlar uchun beriladi.