Dang‘ara tumanida elektr tarmoqlari xodimlari fuqaroni 16 million so‘mga tushirdi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Dang‘ara tuman elektr tarmoqlari xodimlari fuqaroni 16 million so‘mga tushirdi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida elektr energiyasi to‘lovlari bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Dang‘ara tumani bo‘limining aniqlashicha, Dang‘ara tuman elektr tarmoqlari muhandisi va mazkur korxonaning sobiq xodimi o‘zaro til biriktirib, boshqa fuqaroning ishonchiga kirgan.

Tekshiruvga ko‘ra, ular fuqaroning xonadonidagi elektr energiyasi to‘lovi uchun deb 16 mln so‘m pul olgan. Shuningdek, fuqaroning elektr hisoblagichini tuman elektr tarmoqlarining «Billing» dasturidan chiqarib yuborib, olingan mablag‘ni abonent hisob raqamiga kiritmagan hamda uni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda mazkur ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Andijonda kadastr bilan bog‘liq korrupsiya holatlari fosh etilgan edi.

Shuningdek