My.gov.uz orqali xalqaro sertifikat olgan buxgalterlarga kompensatsiya to‘lanadi

eʼlon qilindi
Dastur 2028-yil 31-dekabrgacha amal qiladi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi
Foto: Hafiza Muxtorova / SI

O‘zbekistonda xalqaro malaka sertifikatini qo‘lga kiritgan buxgalter va moliya sohasi mutaxassislari imtihon topshirish xarajatlarini davlat hisobidan qaytarib olishi mumkin. Xizmat my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda taqdim etiladi.

Kompensatsiya quyidagi xalqaro sertifikatlar uchun amal qiladi:

  • ACCA;
  • ACCA DipIFR;
  • CIMA;
  • ACA.

Kompensatsiya olishning asosiy sharti

Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun xalqaro sertifikatlash tizimida dastlabki ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish jarayoni 2026-yil 1-maydan boshlab amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.

Dastur 2028-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

Ariza topshirishda quyidagi hujjatlarning elektron nusxasi yuklanadi:

  • xalqaro sertifikat;
  • invoys (hisob-faktura);
  • to‘lovni tasdiqlovchi kvitansiya.

Agar imtihon to‘lovi xorijiy valyutada amalga oshirilgan bo‘lsa, mablag‘ to‘lov amalga oshirilgan sanadagi Markaziy bankning rasmiy kursi bo‘yicha so‘mda qaytariladi.

Mablag‘ qancha muddatda to‘lanadi?

Ariza 7 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Ijobiy qaror qabul qilinganidan so‘ng kompensatsiya summasi yana 5 ish kuni ichida ariza beruvchining bank kartasi yoki hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan xavfsizlik kamarini taqmaslik bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma endi onlayn berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek