Turkiya LGBT sayohatchilari bo‘lgan kemani portlariga kiritmadi

eʼlon qilindi
Kema Turkiya o‘rniga Misr va Gretsiyadagi orollarga yo‘l oladigan bo‘ldi
Turkiya LGBTQ+ sayohatchilari bo‘lgan kemani portlariga kiritmadi / Foto: Sopa Images / AP

Turkiya rasmiylari AQShlik LGBTQ+ sayohatchilariga mo‘ljallangan kruiz kemasining mamlakat portlariga kirishini taqiqladi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, 5-iyul kuni Gretsiyadan yo‘lga chiqadigan Athens to Venice kruiz kemasi dastlab 7-iyul kuni Turkiyaning Kuşadası portiga, undan so‘ng esa Istanbulga kirishi rejalashtirilgan edi. Biroq Turkiya mahalliy rasmiylari safar dasturidagi ushbu to‘xtashlarni bekor qildi.

Qaror sababiga izoh berar ekan, Turkiya rasmiylari kema jamiyatning axloqiy qadriyatlari va oilaviy an’analariga mos kelmaydigan xatti-harakatlari bilan tanilgan guruh tomonidan ijaraga olinganini bildirdi. Natijada 1 mingdan ortiq yo‘lovchini olib ketayotgan Scarlet Lady kruiz kemasi Turkiya o‘rniga Misrning Qohira shahri va Gretsiyaning Krit oroliga yo‘l oladigan bo‘ldi.

Atlantis Events prezidenti va bosh direktori Rich Kempbellning aytishicha, kompaniya 36 yillik faoliyati davomida ilk bor aynan yo‘lovchilar tarkibi sababli biror mamlakat portiga kirish taqiqlanganiga duch kelmoqda. Uning ta’kidlashicha, kompaniya siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanmaydi va sayohatning asosiy maqsadi turizm hamda mahalliy iqtisodiyotga hissa qo‘shishdan iborat.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kruiz safarida qatnashishi rejalashtirilgan 1,9 ming yo‘lovchining qariyb 1,1 ming nafari AQSh fuqarolari hisoblanadi. Qolgan sayohatchilar Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va boshqa mamlakatlardan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi berilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek