Farg‘onada qalbaki Turkiya pasportlarini tayyorlagan jinoiy guruh ushlandi

Farg‘ona viloyatida qalbaki Turkiya pasportlarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Farg‘ona shahrida qalbaki xorijiy davlat hujjatlarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi.
Aniqlanishicha, Marg‘ilon shahrida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan shaxs Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi 1990, 1997, 1999 va 2003-yillarda tug‘ilgan to‘rt nafar tanishi bilan oldindan til biriktirgan. Ular qalbaki Turkiya Respublikasi fuqaroligi pasporti hamda haydovchilik guvohnomasini mijozga 4 mln so‘m evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.


Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilardan jami 11 ta mobil telefon va 2 ta noutbuk ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dang‘ara tumanida elektr tarmoqlari xodimlari fuqaroni 16 million so‘mga tushirgani haqida yozgan edik.