Samarqandda daryo temir yo‘lning bir qismiga zarar yetkazdi

eʼlon qilindi
Daryo o‘zani temir yo‘l tomon 30 – 40 metrgacha kengayib, infratuzilmaga shikast yetkazgan
Samarqandda daryo temir yo‘lning bir qismiga zarar yetkazdi / Foto: Telegram

Samarqand viloyatida Zarafshon daryosi «Samarqand – Urgut» temir yo‘l uchastkasining bir qismiga zarar yetkazdi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ma’lum qildi.

Hodisa 2026-yil 3-iyul kuni Samarqand viloyatining Tayloq tumanidan o‘tuvchi temir yo‘l uchastkasida sodir bo‘lgan. Bunga O‘zbekiston va Tojikistonning tog‘li hududlarida so‘nggi kunlarda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar sabab bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Zarafshon daryosida suv sarfi me’yoriy 80 – 100 kub metr/soniyadan 300 kub metr/soniyagacha oshgan. Natijada daryo qirg‘oqlarni yuvib, ayrim hududlarda o‘zan yo‘nalishini o‘zgartirgan.

Shuningdek, daryo o‘zani temir yo‘lga yaqin joylarda 30 – 40 metrgacha kengayib, qirg‘oq bo‘yidagi temir yo‘l infratuzilmasiga shikast yetkazgan. Qayd etilishicha, bunday gidrologik holat mazkur hududda so‘nggi 20 yil davomida kuzatilmagan.

Hozirda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida daryo qirg‘oqlarini xarsang toshlar bilan mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Jarayonga 15 ta maxsus texnika jalb qilingan bo‘lib, hududga 30 ta dumpkar vagon orqali xarsang toshlar yetkazib berilgan. Bundan tashqari, qurilish materiallari ortilgan yana 130 ta dumpkar vagon voqea joyiga yo‘naltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi qurilish obyektida kanalizatsiya quvuri yorilib ketgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek