Chevrolet Corvette dunyodagi eng hamyonbop superkarga aylandi

eʼlon qilindi
Yangi Corvette Stingray AQSh bozorida $73 495 boshlang‘ich narxda sotuvga chiqariladi
Chevrolet Corvette dunyodagi eng hamyonbop superkarga aylandi
Foto: GMNews

General Motors 2027-yilgi Chevrolet Corvette Stingray modelini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Yangilangan sport avtomobili 322 km/soat (200 mil/soat) tezlik marrasini bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi va shu bilan bunday tezlikka erisha oladigan eng arzon yangi superkar maqomini qo‘lga kiritdi.

Yangi Corvette Stingray AQSh bozorida $73 495 boshlang‘ich narxda sotuvga chiqariladi. Hozircha bozorda 200 mil/soat tezlikka chiqa oladigan va undan arzonroq narxda taklif etilayotgan boshqa yangi avtomobil mavjud emas.

Yangi V8 dvigatel kuchini namoyish etdi

Foto: GMNews

Modelning yuragi sifatida 6,7 litrli LS6 V8 atmosferali dvigateli xizmat qiladi. U 535 ot kuchi va 705 Nm aylanish momenti ishlab chiqaradi. Aynan shu yangi dvigatel Corvette Stingray’ga 200 mil/soat tezlik chegarasidan oshish imkonini berdi.

Tezlanish ko‘rsatkichlari

Foto: GMNews

2027-yilgi Corvette Stingray yuqori maksimal tezlikdan tashqari, dinamikasi bilan ham e’tiborni tortadi:

  • 0 – 96 km/soat (0 – 60 mph) — 2,8 soniya;
  • chorak mil masofasi — 11 soniya;
  • maksimal tasdiqlangan tezlik — 322 km/soat.

Aerodinamika ham muhim rol o‘ynadi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Stingray’ning Z06 va ZR1 versiyalariga nisbatan torroq kuzovga ega bo‘lishi havo qarshiligini kamaytirgan. Yangi LS6 dvigatelining yuqori quvvati bilan uyg‘unlashgan ushbu aerodinamik yechim avtomobilning rekord tezlikka erishishida muhim omil bo‘lgan.

Foto: GMNews

General Motors vakillariga ko‘ra, yangi Corvette Stingray nafaqat trek uchun, balki kundalik foydalanish uchun ham qulay bo‘lib qolgan. Shu tariqa model yuqori unumdorlik, nisbatan hamyonbop narx va amaliylikni birlashtirgan eng jozibador sport avtomobillaridan biriga aylandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Damas yuzasidan siz bilmagan qiziqarli faktlar haqida yozgandi.

Shuningdek