GM bir chorakda 7 mingdan ortiq Chevrolet Corvette avtomobilini yetkazib berdi — o‘sish 24 foiz

6-iyul 2026 10:24 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
GM bir chorakda 7 mingdan ortiq Chevrolet avtomobilini yetkazib berdi
Foto: GMNews

General Motors 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha AQShda 7 182 dona yangi Chevrolet Corvette xaridorlarga topshirilganini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 23,8 foizga yuqori.

Yarim yillik natija ham ijobiy

2026-yilning dastlabki olti oyida kompaniya jami 13 417 dona Corvette yetkazib berdi. Bu esa 2025-yilning birinchi yarmiga nisbatan 6,5 foizlik o‘sishni anglatadi.

Maxsus versiyalar va chegirmalar talabni oshirdi

Mutaxassislar savdo hajmining o‘sishiga bir nechta omil ta’sir qilganini qayd etmoqda. Jumladan, o‘tgan yil yakunida taqdim qilingan Quail Silver ZR1X hamda Stars and Steel Edition maxsus versiyalari xaridorlar e’tiborini tortdi. Garchi ushbu avtomobillar soni 350 donadan kam bo‘lsa-da, ular modelga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Bundan tashqari, 2025-yilgi Corvette modellari uchun $4 minglik sodiqlik chegirmasi, 2026-yilgi Corvette Z06 va E-Ray versiyalari uchun esa $7 minglik maxsus taklif xaridlarni rag‘batlantirdi. Ayrim xaridorlar ikkala imtiyozni birlashtirib, $11 minggacha tejash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

2027-yilgi modellar savdoni yanada kuchaytirishi kutilmoqda

General Motors uchinchi chorakda savdo hajmi yanada oshishini kutmoqda. Bunga 2027-yilgi Corvette Grand Sport, Grand Sport X hamda 200 mil/soatdan (322 km/soat) yuqori tezlikka chiqa oladigan yangi Corvette Stingray modellarining bozorga chiqishi turtki bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, keltirilgan statistikalar faqat AQSh bozoridagi Corvette yetkazib berish ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilda Chevrolet Cobalt sotib olishga arziydimi yoki yo‘q shu haqida yozgandi.

Shuningdek