Hafta davomida O‘zbekistonda havo 42 darajagacha isiydi

eʼlon qilindi
Faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Hafta davomida O‘zbekistonda havo 42 darajagacha isiydi
Foto: iStock

O‘zbekistonda hafta davomida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi.

Ushbu davr mobaynida faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Iyul boshida kuzatilgan nisbatan salqin ob-havodan so‘ng, ushbu haftada respublika bo‘yicha harorat asta-sekin odatiy yozgi ko‘rsatkichlarga qaytadi. Bugun kunduzi havo 34–37 darajagacha isiydi, keyingi kunlarda esa kunduzgi harorat 37–40 darajaga yetadi.

Shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida havo harorati kunduz kunlari asosan 39–42 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.

Toshkentda ham 6–11-iyul kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun va ertaga poytaxtda kunduzgi harorat 35–38 daraja bo‘ladi, keyinchalik esa asta-sekin 38–40 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari havo 22–25 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» Yevropadagi jazirama bir haftada 4 ming kishining bevaqt vafotiga sabab bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek