Pokistondan Qoraqalpog‘istonga 200 bosh zotdor qoramol olib kelinadi

eʼlon qilindi
Qo‘shma korxona tashkil etiladi
Xorijdan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarni olib kirish QQSdan ozod etiladi
Foto: Pexels.com

Qoraqalpog‘istonda chorvachilikni rivojlantirish maqsadida Pokistondan 200 bosh zotdor yirik shoxli qoramol olib kelish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov va O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev boshchiligidagi delegatsiya Pokistonga xizmat safari doirasida Abdin International Pvt. Ltd. kompaniyasi bosh direktori Navaz Hassan bilan uchrashdi.

Lahor shahrida o‘tgan muzokaralarda Qoraqalpog‘istonda chorvachilikni rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Qo‘shma korxona tashkil etiladi

Uchrashuvda pilot loyiha doirasida «Nukus Delisha» kompaniyasi bilan hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Pokistondan 200 bosh zotdor yirik shoxli qoramolni O‘zbekistonga olib kelish va chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya shartnomasi imzolandi.

Yer maydonlari ajratish taklif qilindi

Muzokaralar davomida Abdin International Pvt. Ltd. kompaniyasiga zotdor qoramollarni ko‘paytirish va yem-xashak yetishtirish loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlari ajratish taklifi bildirildi. Tomonlar bu yo‘nalishdagi qo‘shma tashabbuslar ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini ta’kidladi.

Kelishuvlar Qoraqalpog‘istonda chorvachilik sohasining raqobatbardoshligini oshirish, naslchilik ishlarini yaxshilash va mahalliy ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Abdin International Pvt. Ltd. 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Pokistonning yetakchi go‘sht va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya mahsulotlari dunyoning o‘ndan ortiq mamlakatiga eksport qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda har bir nasldor buzoq uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi. Yangi tartibga asosan, sun’iy urug‘lantirish orqali tug‘ilgan har bir nasldor buzoq uchun 500 ming so‘m subsidiya to‘lanadi.

Shuningdek