Toshkentda 1,3 milliard so‘mdan ortiq tabiiy gaz talon-toroj qilindi

eʼlon qilindi
Holat poytaxtning Yashnobod va Yunusobod tumanlarida sodir etilgan
Toshkentda 1,3 milliard so‘mdan ortiq tabiiy gaz talon-toroj qilindi / Foto: Energetika vazirligi

Toshkent shahrida 13, mlrd so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Yashnobod tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida MChJga qarashli noturar binodagi gaz hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani aniqlandi. Natijada korxona 956 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, mazkur tumanda joylashgan yana bir MChJga qarashli savdo do‘konida ham xuddi shunday qoidabuzarlik qayd etildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu holat oqibatida 331 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Yana bir holat Yunusobod tumanida aniqlangan. Unda fuqaroga tegishli bino tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ushbu holatda 84 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Shu tariqa, aniqlangan uchta holat bo‘yicha tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan umumiy zarar miqdori qariyb 1,3 mlrd so‘mdan ziyodni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq majburiy energiya auditini o‘tkazmagan 11 ta korxonaga chora ko‘rilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek