Fond bozori: qaysi aksiyalar qimmatlashdi

eʼlon qilindi
26-iyundan 3-iyulgacha bo‘lgan davrda
Fond bozori: qaysi aksiyalar qimmatlashdi
Foto: depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 26-iyundan 3-iyulgacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 1,61 foizga oshdi.

Ushbu davr mobaynida «Trastbank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 14,30 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zbekiston pochtasi» (+11,44%) va «Kvarts» aksiyalarida (+9,28%) ham o‘sish qayd etildi.

O‘z navbatida, «Garant bank» aksiyalari 11,71 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «O‘zbekko‘mir» (-11,54%) va «Buxoroneftgazparmalash» (-10,32%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «Agrobank» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Bitimlar soni bo‘yicha «Aloqabank» (5 566 ta), «Kapital sug‘urta» (3 186 ta) va UzNIF (2 146 ta) peshqadam bo‘ldi.

Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa UzNIF (4,06 mlrd so‘m) yetakchilik qildi. «O‘zRTXB» (1,83 mlrd so‘m) va Asia Insurance sug‘urta kompaniyasi (994,40 mln so‘m) aksiyalari yuqori uchlikdan joy oldi.

Yuqori likvidli aksiyalardan 19 tasi haftani ijobiy, bittasi o‘zgarishsiz va 18 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 14,80 mlrd so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways IPO’da qancha mablag‘ jalb qilishi mumkinligi haqida ma’lumot berilgandi. Kutilayotgan ushbu IPO mintaqada yilning eng shov-shuvli voqealaridan biri bo‘lishi aniq, chunki u ham yirik fondlarga, ham oddiy odamlarga mamlakatimiz transport sohasidagi eng asosiy korxonaga to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoya kiritish imkonini beradi. Kursiv Uzbekistan nashri aviakompaniya bu qadam orqali qancha pul yig‘a olishi va sohada qanday qiyinchiliklar borligini mutaxassislar bilan birga tahlil qildi.

Shuningdek