O‘zbekiston aholisining 55,7 foizi mehnatga layoqatli yoshda

eʼlon qilindi
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 21,7 mln kishi
O‘zbekiston aholisining 55,7 foizi mehnatga layoqatli yoshda
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda aholining 55,7 foizi mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolardan iborat. Bu haqda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalarida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 21,7 mln kishini tashkil etadi.

12,5 mln kishi mehnatga layoqatli yoshdan kichik

O‘zbekistonda mehnatga layoqatli yoshdan kichik aholi soni 12,5 mln kishiga teng. Bu jami aholining 32 foizini tashkil qiladi.

Grafik: census

Mamlakatda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 21,7 mln kishi bo‘lib, bu umumiy aholining 55,7 foiziga teng.

4,8 mln kishi mehnatga layoqatli yoshdan katta

Mehnatga layoqatli yoshdan katta aholi soni esa 4,8 mln kishini tashkil etmoqda. Bu jami aholining 12,3 foiziga teng.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning zamonaviy tarixdagi ilk aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish kampaniyasi budjetga $4,68 mlnga tushdi. Mas’ul xodimning so‘zlariga ko‘ra, bir kishini ro‘yxatga olish xarajatlari atigi 12 sentni tashkil etgan. Shu bilan birga, e’lon qilingan dastlabki natijalarga ko‘ra, respublika aholisining umumiy soni 39 047 321 nafarga yetgan.

Shuningdek