Uydagi tarakanlarni o‘zingiz boshqaring: olimlar tarakanlarni kiberorganizmlarga aylantirdi

eʼlon qilindi
Olimlar ularni suv ostida harakatlana oladigan maxsus nafas olish tizimi bilan jihozladi
Uydagi tarakanlarni o‘zingiz boshqaring: olimlar tarakanlarni kiberorganizmlarga aylantirdi
Foto: NTU Singapore

Singapurlik olimlar tirik tarakanlarni masofadan boshqarish mumkin bo‘lgan kiberorganizmlarga aylantirib, ularni suv ostida harakatlana oladigan maxsus nafas olish tizimi bilan jihozladi. Tadqiqot natijalari Nature Communications ilmiy jurnalida e’lon qilindi.

Tarakanlarga akvalang o‘rnatildi

Loyiha Nanyang texnologiya universiteti olimlari tomonidan amalga oshirilgan. Tajribalarda tashuvchi sifatida chidamliligi va uzoq umr ko‘rishi bilan ajralib turadigan Madagaskar tarakanlari tanlangan.

Hasharotlarning suv ostida uzoq vaqt yashay olmasligi muammosini hal qilish uchun tadqiqotchilar 3D-printerda tayyorlangan miniatyura nafas olish modulini ishlab chiqdi. Qurilma vodorod peroksid va marganes dioksidi o‘rtasidagi kimyoviy reaksiya orqali kislorod hosil qilib, uni tarakanning nafas olish tizimiga yetkazib beradi.

Suv ostida uch soatgacha harakatlandi

Olimlar, shuningdek, tarakan tanasiga boshqaruv mikrosxemasi va miniatyura quvvat manbaini joylashtirdi. Sinovlarda kiberhasharotlar uch soatgacha suv ostida harakatlanishga muvaffaq bo‘ldi va ularning harakat tezligi quruqlikdagi tezligiga yaqin bo‘lgani qayd etildi.

Foto: Nature Communications

Tajribalardan so‘ng hasharotlarda sog‘lig‘i yoki harakatlanish qobiliyatiga sezilarli salbiy ta’sir kuzatilmagan.

Qutqaruv va kosmik missiyalarda qo‘llanishi mumkin

Tadqiqotchilar fikricha, bunday biogibrid tizimlar an’anaviy robotlarga qaraganda arzonroq, energiya tejamkorroq va vayronalar yoki boshqa xavfli hududlarda samaraliroq ishlashi mumkin.

Kelajakda kiberhasharotlardan tabiiy ofatlar hududlarida qidiruv-qutqaruv ishlarida, shuningdek, boshqa sayyoralardagi razvedka missiyalarida foydalanish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan orolbo‘yi uchun yangi biopreparatlar yaratilgani haqida yozgandi.

Shuningdek