10-iyuldan Buxoro — Sariosiyo yo‘nalishida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 10-iyuldan boshlab Buxoro – Sariosiyo yo‘nalishida yangi muntazam ichki aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
Endilikda yo‘lovchilar ushbu masofani atigi bir soatda bosib o‘tish imkoniga ega bo‘ladi.
Yangi reyslar Silk Avia aviakompaniyasi tomonidan har hafta juma kuni amalga oshiriladi. Parvoz jadvaliga ko‘ra, samolyot Buxorodan soat 08:30 da uchib, 09:30 da Sariosiyoga yetib boradi. Qaytish reysi esa 10:10 da Sariosiyodan jo‘nab, 11:20 da Buxoroga qo‘nadi.
«Ushbu ichki aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilishi mamlakat bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirib, xorijiy va mahalliy sayyohlarga sayyohlarga manzilga yetib borish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish va mamlakat bo‘ylab sayohatlarni yanada qulay tashkil etish imkonini beradi», – deyiladi qo‘mita xabarida.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kam Air Toshkent va Kobul o‘rtasidagi reyslar sonini oshirayotgani haqida yozgandi.