8 – 13-iyul kunlari 4 ta hududda sel xavfi bor

8 – 13-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab O‘zbekistonning ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqini yuz berishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
- Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlari;
- Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
- Farg‘ona viloyatida So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari;
- Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahrida sel-suv toshqini yuz berishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanadigan haydovchilarga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etildi.
Shuningdek, ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli ham bor.
Eslatib o‘tamiz, hafta davomida O‘zbekistonda havo 42 darajagacha isiydi. Shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida havo harorati kunduz kunlari asosan 39–42 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.