Iste’molchilar qonunan qanday huquqlarga ega

eʼlon qilindi
Qonun iste’molchilarning bir qator huquqlarini kafolatlaydi
Iste’molchilar qonunan qanday huquqlarga ega / Foto: depositphotos.com

O‘zbekistonda iste’molchilarning huquqlari qonunchilik bilan himoya qilinadi va ularga bir qator kafolatlar berilgan.

Tovar va xizmat haqida to‘liq ma’lumot olish huquqi

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, iste’molchilar tovar, ish yoki xizmat, shuningdek, ishlab chiqaruvchi, ijrochi yoki sotuvchi haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish huquqiga ega. Shuningdek, ular tovar yoki xizmatni erkin tanlash hamda uning belgilangan sifat talablariga javob berishini talab qilishlari mumkin.

Xavfsizlik va zararni qoplash kafolatlari

Qonun iste’molchilarning xavfsizligini ham kafolatlaydi. Xarid qilingan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmat inson hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga xavf tug‘dirmasligi lozim. Agar nuqsonli mahsulot yoki ishlab chiqaruvchi, ijrochi yoxud sotuvchining noqonuniy harakati yoki harakatsizligi oqibatida moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, iste’molchi uning to‘liq hajmda qoplanishini talab qilish huquqiga ega.

Huquqlarni himoya qilish imkoniyatlari

Iste’molchilar buzilgan huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga yoki boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat qilishi mumkin. Qonunchilik ularga iste’molchilar jamoat birlashmalarini tuzish huquqini ham beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1991-yilgacha qurilgan barcha uylar buzilishi haqida qonun doirasida javob berilgan edi.

Shuningdek