Poytaxtning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

eʼlon qilindi
Issiq suv bosimi ham pasayishi mumkin
Bo‘ka tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
Poytaxtning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi / Foto: Rambler

Toshkent shahrining ayrim hududlarida rejalashtirilgan profilaktika ishlari sabab issiq suv bosimi pasayishi hamda gaz ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent ma’lum qildi.

«Hududgaz Poytaxt» ma’lum qilishicha, D-1220 mm yuqori bosimli gaz tarmog‘ida payvandlash ishlari olib borilishi munosabati bilan IM-4 hududida issiq suv bosimi pasayishi kutilmoqda.

Shuningdek, korxona telefonogrammasiga muvofiq, 2026-yil 8-iyul kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha gaz ta’minoti to‘liq o‘chiriladi. Shundan so‘ng 8-iyul soat 20:00 dan 9-iyul soat 06:00 gacha IM-1 hududida quvur tarmog‘ida gidravlik sinovlar (opressovka) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Profilaktika ishlari 7 – 9-iyul kunlari davom etadi. IM-1 hududiga Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shohko‘chasi, Buyuk Ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Parkent, Bog‘ishamol, Ozodlik, Yalang‘och, ToshGRES posyolkasi, Toshkent davlat agrar universiteti hududi hamda boshqa ko‘plab ko‘chalar va dahalar kiradi.

IM-4 hududida esa Amir Temur va Mustaqillik shoh ko‘chalari, Bog‘ishamol, Chingiz Aytmatov, Hamid Olimjon, Bodomzor, Sebzor, Labzak, Qoraqamish dahalari, Yunusobodning 1 – 19-mavzelari, Ahmad Donish, Shahriston, Yangishahar va boshqa qator manzillarda issiq suv bosimi pasayishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kuz-qishga tayyorgarlik doirasida 220 ming xonadonning gaz ta’minoti yaxshilanishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek