Jazoir O‘zbekistonga yangi elchi yubordi

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi O‘zbekistondagi yangi elchisi Jamila Ashur o‘z diplomatik faoliyatini rasman boshladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Vazir Jazoirning yangi tayinlangan elchisi Jamila Ashurdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiya, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar 2026-yil iyun oyida O‘zbekiston delegatsiyasining Jazoirga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlari hamda o‘sha safar davomida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashdi.

Saidov yangi elchiga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanishiga ishonch bildirdi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston Misrdagi elchisini Jazoirda ham vakil etib tayinlagani haqida yozgandi.