Samsung kompaniyasi 5 ta yangi qurilmani taqdim etishga tayyorlanmoqda

9-iyul 2026 08:12 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung kompaniyasi 5 ta yangi qurilmani taqdim etishga tayyorlanmoqda
Foto: Depositphotos

Samsung kompaniyasi Galaxy Unpacked ko‘rgazmasida 5 ta yangi qurilmani taqdim qilmoqchi. Kompaniya 22-iyul kuni Galaxy Z Fold 8, Galaxy Z Flip 8, Galaxy Watch 9, Galaxy Watch Ultra 2 va Galaxy Z Fold 8 Ultra modellarini namoyish etadi.

Galaxy Z Fold 8 avvalgi modellarga nisbatan qisqaroq va kengroq korpusga ega bo‘lishi mumkin. Smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 5 for Galaxy protsessori, 12 GB tezkor xotira va 256 GBdan 1 TBgacha ichki xotira bilan jihozlanishi aytilmoqda. Batareya sig‘imi 4 800 mA/soatgacha oshishi, quvvatlash tezligi esa 25 vatt darajasida qolishi kutilmoqda.

Foto: AH
Foto: AH

Yana nimalarni kutish kerak

Galaxy Z Flip 8 tashqi ko‘rinish jihatidan avvalgi modelga yaqin bo‘ladi. U 6,9 dyuymli ichki va 4,1 dyuymli tashqi ekran, 4 300 mA·soatli batareya, 50 megapikselli asosiy hamda 12 megapikselli keng burchakli kamera olishi mumkin. Qurilma ayrim bozorlarda Exynos 2600, boshqalarida esa Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi bilan sotilishi ehtimol qilinmoqda.

Foto: AH

Galaxy Watch 9 soatlari 40 va 44 mm o‘lchamlarda, Galaxy Watch Ultra 2 esa 47 mm korpusda chiqarilishi kutilmoqda. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yangi aqlli soatlar avvalgi avlodga nisbatan 30 – 50 yevroga qimmatlashishi mumkin. Galaxy Watch Ultra 2 narxi taxminan 749 yevroga yetishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri arzon Samsung Galaxy A08 smartfoni tez orada chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek