Zo‘ravonlik jabrlanuvchilari maxsus markazlarda 6 oygacha qoladi

eʼlon qilindi
Avval bu muddat 30 kungacha edi
Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda
Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Senat tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarni maxsus markazlarga olti oygacha joylashtirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Avval bu muddat 30 kungacha edi.

Qonun bilan prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari mustahkamlanmoqda.

Agentlik tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar hamda bolalar bilan ishlash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.

Ayrim hujjatlar uchun davlat boji olinmaydi

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari ayrim hujjatlarni qayta rasmiylashtirishda davlat bojidan ozod etiladi.

Jumladan, yo‘qotilgan biometrik pasport o‘rniga yangi pasport olish, nikoh tuzilganligi yoki tug‘ilganlik haqidagi takroriy guvohnomani rasmiylashtirish uchun davlat boji undirilmaydi.

Bepul yuridik yordam ko‘rsatiladi

Jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga davlat hisobidan malakali yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu orqali ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Qonun Senat tomonidan ma’qullandi

Senatorlarning fikricha, yangi qonun tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda ularning farzandlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Muhokama yakunida qonun Senat tomonidan ma’qullandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bolalarga zo‘ravonlik qilgan pedagoglarga bog‘chada ishlash taqiqlanishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek