Etihad Airways Abu-Dabi va Toshkent o‘rtasida kunlik reyslarni yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
Joriy yilning 10-avgustidan boshlab
Etihad Airways Abu-Dabi va Toshkent o‘rtasida kunlik reyslarni yo‘lga qo‘yadi / Foto: Etihad

2026-yil 10-avgustdan boshlab BAA milliy aviakompaniyasi Etihad Airways Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.

Parvozlar har kuni Airbus A320 turidagi havo kemalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Yangi yo‘nalish ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida qulay va muntazam havo aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi.

Etihad Airways 2003-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh qarorgohi Abu-Dabi xalqaro aeroportida joylashgan Birlashgan Arab Amirliklarining milliy aviakompaniyasi hisoblanadi.

Aviakompaniya Yaqin Sharqdagi yirik aviatashuvchilardan biri bo‘lib, Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Osiyo, Yevropa, Afrika, Avstraliya hamda Shimoliy Amerikani qamrab olgan keng marshrut tarmog‘iga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Ammon o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek