MICE turizmi tadbirlarini o‘tkazgan tadbirkorlarga QQSning 50 foizi qaytariladi

eʼlon qilindi
MICE turizmi biznes uchrashuvlari, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa ishbilarmonlik tadbirlarini qamrab oladi
«Ochiq turizm mavsumi» dasturi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda turistlar oqimini oshirishga xizmat qiladigan MICE turizmi tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 50 foizi qaytarib beriladi. Bu bo‘yicha Hukumat qarori bilan yangi nizom tasdiqlandi.

MICE turizmi biznes uchrashuvlari, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa ishbilarmonlik tadbirlarini qamrab oladi.

QQSning bir qismini qaytarib olish uchun tadbirkor tadbir yakunlanganidan keyin uch oy ichida Milliy turizm yagona platformasi orqali Turizm qo‘mitasiga murojaat qilishi kerak.

Murojaatga tadbir haqida ma’lumot, dastur, xarajatlar smetasi, elektron hisobvaraq-fakturalar, onlayn kassa cheklari va bank to‘lov hujjatlari ilova qilinadi.

Shuningdek, xorijiy ishtirokchilar ro‘yxati hamda ularning O‘zbekistonga kirish va chiqish ma’lumotlari taqdim etilishi lozim. Turizm qo‘mitasi hujjatlarni besh ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

Agar keyinchalik aniqlashtirilgan soliq hisoboti sabab qaytarilishi kerak bo‘lgan summa o‘zgarsa, ortiqcha qaytarilgan mablag‘lar belgilangan tartibda budjetga qaytariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya LGBT sayohatchilari bo‘lgan kemani portlariga kiritmagandi. Unga ko‘ra, 5-iyul kuni Gretsiyadan yo‘lga chiqadigan Athens to Venice kruiz kemasi dastlab 7-iyul kuni Turkiyaning Kuşadası portiga, undan so‘ng esa Istanbulga kirishi rejalashtirilgan edi. Biroq Turkiya mahalliy rasmiylari safar dasturidagi ushbu to‘xtashlarni bekor qildi.

Shuningdek