Toshkentdagi Aviasozlar ko‘chasining bir qismi 20 kunga yopiladi

eʼlon qilindi
Harakat 11-iyuldan 31-iyulgacha cheklanadi
Toshkentdagi Aviasozlar ko‘chasining bir qismi 20 kunga yopiladi
Foto: Getty Images

Toshkentning Yashnobod tumanidagi Aviasozlar ko‘chasida magistral issiq suv quvurlarini almashtirish ishlari boshlanadi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Shu sababli mazkur hududning bir qismida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi.

Harakat 11-iyuldan 31-iyulgacha cheklanadi

Foto: Veolia Energy Tashkent

Ta’mirlash ishlari 11-iyul soat 08:00 dan 31-iyul soat 06:00 gacha davom etadi.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi

Qurilish-ta’mirlash ishlari vaqtida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida yo‘lning tegishli qismi transport harakati uchun yopiladi. Haydovchilarga oldindan harakat yo‘nalishini rejalashtirish va aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.

Issiqlik tarmoqlari modernizatsiya qilinmoqda

Kompaniya ta’kidlashicha, quvurlarni almashtirish ishlari iste’molchilarni barqaror va sifatli issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Veolia Energy Tashkent yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘radi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopilgani haqida yozgandi.

Shuningdek