Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxonova O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan Kattaxonova O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U bu lavozimda 2023-yil 20-dekabrdan buyon ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Maxkamova 2022-yil 1-martdan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi sifatida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sardor Umurzakov Strategik rivojlanish agentligiga direktor bo‘lgan edi.