Muzaffar Kamilov prezidentning diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi

eʼlon qilindi
Prezident farmoniga muvofiq
Muzaffar Kamilov prezidentning diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi / Foto: Facebook

Muzaffar Murotovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.

Mazkur tayinlov munosabati bilan u O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxonova O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib, Sardor Umurzakov esa Strategik rivojlanish agentligiga direktor etib tayinlangan edi.

Shuningdek