Dollar yana ko‘tarildi: 13-iyul uchun valyutalar kursi

13-iyul uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 63,77 so‘mga tushib, 12 075,98 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
3-iyul kuni esa 24,58 so‘mga tushib, 11 909,66 so‘mni tashkil etdi. 6-iyul kuni 64,24 so‘mga tushib, 11 973,90 so‘mga, 7-iyul kuni 68,15 so‘mga oshib, 12 042,05 so‘mga, 8-iyul kuni 20,73 so‘mga tushib, 12 021,32 so‘mga tenglashdi. 9-iyul kuni 16,57 so‘mga tushib, 12 004,75 so‘m bo‘ldi. 10-iyul kuni 63,77 so‘mga tushib, 12 075,98 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 69,27 so‘mga oshib, 13 800,43 so‘mni, rubl esa 0,82 so‘mga tushib, 157,32 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi.