Futbolchi Akmal Mozgovoy ham uylanmoqda — video

10-iyul 2026 16:54 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Futbolchi Akmal Mozgovoy ham uylanmoqda — video
Foto: Instagram/ Mazgovoy

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning «Paxtakor» klubi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy oila qurmoqda. Bu haqda Kursiv Uzbekistan manbasi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari futbolchini hayotidagi muhim voqea bilan tabriklab, bo‘lajak yosh oilaga baxt va totuvlik tilamoqda.

Futbolchi haqida

Akmal Mozgovoy 1999-yil 2-aprelda Qarshi shahrida tug‘ilgan. U markaziy yarim himoyachi sifatida harakat qiladi. Futbolchi to‘pni nazorat qilish, maydon markazida hujumlarni tashkil etish va himoyadan hujumga o‘tishda faol qatnashishi bilan ajralib turadi.

Foto: Instagram

Mozgovoy futbolchilik faoliyatini Qarshining «Nasaf» klubi tizimida boshlagan. U 2018-yilda Osiyo Chempionlar ligasida «Al-Vasl»ga qarshi uchrashuvda asosiy jamoa safida debyut qilgan. Keyinchalik «Nasaf» tarkibida O‘zbekiston chempionligi, uch marta mamlakat kubogi va ikki marta Superkubokni qo‘lga kiritgan.

2025-yilda yarim himoyachi Birlashgan Arab Amirliklarining «Baniyas» klubiga o‘tdi. 2026-yil fevralida esa O‘zbekistonga qaytib, «Paxtakor» bilan 2027-yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Transfer vaqtiga qadar u Superligada 163 uchrashuv o‘tkazib, 13 gol urgan.

Avvalroq «Kursiv» Abbosbek Fayzullayev kimga uylanayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek