Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin

11 – 12-iyul kunlari aholiga moliyaviy xizmatlardan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ayrim banklar odatdagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, dam olish kunlari quyidagi tijorat banklarining valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari aholiga xizmat ko‘rsatadi:
- Agro bank
- Apex bank
- Milliy bank
- Tenge bank
- Hamkor bank
- Anor bank
- Garant bank
- Hayot bank
- SQB
- Trast bank
- Ipoteka bank
- Infin bank
- Asia Alliance Bank
- BRB
- Ipak Yo’li bank
- Xalq banki
- Orient Finance bank
- Saderat bank
- Kapital bank
- Mkbank
- Poytaxt bank
- Asaka bank
Fuqarolar xorijiy valyutani nafaqat bank filiallarida, balki 24/7 rejimida ishlaydigan avtomatlashtirilgan bankomatlar orqali ham sutkaning istalgan vaqtida ayirboshlashi mumkin.
Shuningdek, tijorat banklarining mobil ilovalari yordamida bankka tashrif buyurmasdan turib, istalgan vaqtda onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 13-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilingan edi.