Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgardi

eʼlon qilindi
2026-yil 11-iyuldan boshlab
Poytaxtning «Food City» yo‘nalishidagi avtobuslar harakati o‘zgartirildi
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgardi / Foto: Facebook

Toshkent shahrida issiq suv quvurlarini almashtirish ishlari sabab ayrim avtobus yo‘nalishlarining harakati vaqtincha o‘zgartirildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

2026-yil 11-iyuldan Yashnobod tumanidagi Aviasozlar ko‘chasining Qorasuv ko‘chasidan Aviasozlar-1 ko‘chasigacha bo‘lgan qismi ta’mirlash ishlari munosabati bilan vaqtincha yopiladi. Mazkur hududda issiq suv quvurlarini almashtirish ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan 15, 22 va 72-sonli avtobuslar Aviasozlar, Qorasuv, Qorasuv-2 hamda Elbek ko‘chalari orqali harakatlanadi. 54-sonli avtobus esa Aviasozlar, Qorasuv va Olimkent ko‘chalari orqali qatnaydi.

Qurilish ishlari davom etayotgan davrda ayrim ko‘chalarda transport tirbandliklari yuzaga kelishi, shuningdek, avtobuslar harakat oralig‘i uzayishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi ham ehtimoldan xoli emas.

Yo‘lovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chirchiqda 35 ta yangi avtobus qatnovga chiqarilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek