Giyohvandlik vositalarini olib kirish va olib chiqish tartibi yangilandi

eʼlon qilindi
Nizom bu uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish tartibini belgilaydi
Til ostiga oltinni konfet kabi yashirishga uringan shaxs postda qo‘lga tushdi
Giyohvandlik vositalarini olib kirish va olib chiqish tartibi yangilandi / Foto: News.ru

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib kirish hamda olib chiqish uchun yangi tartib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Hukumat qarori bilan «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib kirish, olib chiqish uchun sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Nizom mazkur moddalarni O‘zbekistonga olib kirish va mamlakatdan olib chiqishda ruxsat beruvchi hujjat – sertifikatni rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.

Sertifikat bir marta foydalanish uchun beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, sertifikatdan faqat bir marta foydalanish mumkin. Uning amal qilish muddati bir yil etib belgilangan.

Sertifikat olish uchun ariza beruvchi giyohvandlik vositalari muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lishi, giyohvandlik vositalarini olib kirish va olib chiqishda qonunchilik talablariga rioya qilishi hamda taqdim etiladigan ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlashi lozim.

Arizalar 30 ish kunida ko‘rib chiqiladi

Arizani ko‘rib chiqish va sertifikatni rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi arizani qabul qilingan kundan boshlab 30 ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqadi va sertifikat beradi yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Sertifikatlar reyestri ochiq bo‘ladi

Nizomga muvofiq, barcha sertifikatlar «Litsenziya» axborot tizimida elektron shaklda alohida yuritiladi. Reyestrdagi ma’lumotlar barcha uchun ochiq hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq talabalar turarjoylarini qurish va moliyalashtirish tartibi yangilangan edi.

Shuningdek