
Redmi yangi Turbo 6 seriyasini tayyorlamoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, liniyaga ikkita model kiradi va ularning har ikkalasi ham 7 dyuymli katta ekran hamda 10 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi.
Bazaviy model Dimensity 8600 oladi
Oddiy Redmi Turbo 6 yangi MediaTek Dimensity 8600 protsessorida ishlashi kutilmoqda.
Chip TSMC’ning 3 nanometrli texnologiyasi asosida ishlab chiqarilishi va Dimensity 8 oilasiga kirishi aytilmoqda.
Turbo 6 Max kuchliroq chip bilan chiqadi
Katta model shartli ravishda Redmi Turbo 6 Max deb atalmoqda.
U Dimensity 9 seriyasidagi kuchliroq chip, ehtimol Dimensity 9600s bilan jihozlanishi mumkin.
2K ekran va yuqori himoya darajasi kutilmoqda
Redmi Turbo 6 Max 2K aniqlikdagi ekran, displey ostidagi ultratovushli barmoq izi skaneri va metall ramkaga ega bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, qurilmaga IP68 va IP69 darajasidagi suv hamda changdan himoya berilishi aytilmoqda.
Taqdimot 2027-yil boshida bo‘lishi mumkin
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi Turbo 6 Max 2027-yil yanvarida taqdim etilishi mumkin.
Hozircha kompaniya yangi smartfonlarning xususiyatlari va taqdimot sanasini rasman tasdiqlamagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Redmi 17C 5G modeli sinovdan o‘tkazilgandi. Xiaomi’ning «Tornado» kod nomi ostidagi yangi smartfoni rasmiy taqdimotdan oldin Geekbench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi. Qurilma Redmi 17C 5G modeli bo‘lishi mumkin.
«Tornado» kod nomi avval Redmi 15C 5G va POCO C85 5G smartfonlarida ham qo‘llangan. Shu sabab yangi qurilma Xiaomi’ning budjet segmentidagi mavjud modelning yangilangan yoki boshqa nom ostida chiqariladigan versiyasi bo‘lishi ehtimoli bor.