
Huawei kompaniyasi Pura 90s Pro smartfonining global versiyasini namoyish qildi. Qurilma Xitoyda sotilayotgan Pura 90 Pro modeli asosida tayyorlangan bo‘lib, uning jahon bozoriga mo‘ljallangan xususiyatlari hozircha to‘liq ochiqlanmagan.
Smartfon yangi rangda namoyish qilindi
Huawei Pura 90s Pro’ni Pink Guava, ya’ni «Pushti guava» rangida ko‘rsatdi.
Smartfonning orqa panelida pushti, laym-sariq va och yashil ranglardan iborat gradient dizayn qo‘llangan.
Dizayn Huawei P20 seriyasini eslatadi
Yangi rang yechimi Huawei P20 seriyasidagi gradient dizaynni yodga soladi.
Kompaniya bunday uslub yana ommalashganini va Pura 90 seriyasining Xitoydagi savdolariga ham ijobiy ta’sir qilganini ta’kidlamoqda.
To‘rtta rangda sotiladi
Pura 90s Pro global bozorda to‘rtta rangda taklif qilinadi.
Ular Pink Guava, Orange Soda, Coconut White va Mulberry Black ranglari. Huawei hozircha smartfonning faqat tashqi ko‘rinishini ko‘rsatdi.
Global versiyaning texnik xususiyatlari va Xitoy modeli bilan farqlari yaqin vaqt ichida ma’lum qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huawei uch marta buklanuvchi smartfon ustida ishlayotgani ma’lum qilingandi. Yaqinda e’lon qilingan patent hujjatlarida Huawei’ning yangi buklanuvchi smartfoni tasvirlangan. Qurilma vertikal S-shakldagi uch qismli buklanish tizimidan foydalanadi. Bu esa smartfonni yig‘ilgan holatda ancha ixcham qilish imkonini beradi.