Xorazmdagi barcha davlat bog‘chalari jazirama sabab 4 kunga yopiladi

eʼlon qilindi
14-iyuldan boshlab
Qoraqalpog‘istonda jazirama sabab bog‘chalar bir necha kunga yopildi
Xorazmdagi barcha davlat bog‘chalari jazirama sabab 4 kunga yopiladi / Foto: Hafiza Muxtorova / Kursiv Uzbekistan

Xorazm viloyatida kutilayotgan anomal issiq havo sabab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 14-iyuldan boshlab viloyatda bir necha kun davomida havo harorati 44–45 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Shu munosabat bilan Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tavsiyasiga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish maqsadida vaqtinchalik cheklov joriy etildi.

2026-yil 14-iyuldan 17-iyulgacha Xorazm viloyatidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari yopiladi. Davlat bog‘chalari faoliyati 20-iyuldan odatdagi tartibda qayta tiklanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda jazirama sabab bog‘chalar bir necha kunga yopilgan edi.

Shuningdek