Prezident hamdardlik bildirish uchun Qatarga bordi

eʼlon qilindi
Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan
Prezident hamdardlik bildirish uchun Qatarga bordi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Qatar davlati sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun Doha shahriga bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hamad xalqaro aeroportida Mirziyoyevni Qatar bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri Shayx Saud bin Abdulrahmon Ol Soniy hamda boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif doirasida Qatar davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya yo‘llagan, marhumni o‘z Vatanining chinakam fidoyi va olijanob farzandi sifatida e’tirof etgan edi.

Shuningdek