Huawei FreeClip 2 S simsiz quloqchinlarini taqdim etdi — foto, narx

14-iyul 2026 20:45 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Huawei FreeClip 2 S simsiz quloqchinlarini taqdim etdi / Foto: Hi-Tech Mail

Huawei kompaniyasi xalqaro bozor uchun yangilangan FreeClip 2 S simsiz quloqchinlarini taqdim etdi. Bu haqda GSM Arena nashri ma’lum qildi.

Foto: IXBT
Foto: IXBT

Yangi g‘ilof va yangilangan dizayn

FreeClip 2 S avval Xitoyda FreeClip 2 Collector’s Edition nomi ostida taqdim etilgan modelning xalqaro bozordagi talqini hisoblanadi. Qurilma yangi zaryadlash g‘ilofiga ega bo‘lib, u deyarli sharsimon shaklda, kattaroq o‘lchamda va kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ichki hajmi avvalgi modelga nisbatan 20 foizga kengaytirilgan.

Foto: Huawei
Foto: Huawei

G‘ilof nafaqat quloqchinlarni, balki kichik aksessuarlar yoki taqinchoqlarni ham saqlash imkonini beradi. Shuningdek, quloqchinlarning konstruksiyasi va tashqi dizayni ham avvalgi avlodga nisbatan takomillashtirilgan.

Texnik xususiyatlari

FreeClip 2 S 10,8 millimetrli ikki membranali dinamiklar bilan jihozlangan. Qurilma ovoz balandligini avtomatik moslashtirish, ovozni uzatishni yaxshilash, uchta mikrofon asosidagi qo‘ng‘iroqlar uchun shovqinni kamaytirish tizimi hamda IP57 darajasidagi suv va changdan himoyani qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Huawei
Foto: Huawei

Bundan tashqari, quloqchinlar qaysi quloqqa taqilganini avtomatik aniqlaydi va audio kanallarni mos ravishda almashtiradi. Shuningdek, sensorli boshqaruv va bosh harakatlari orqali boshqarish funksiyalari ham mavjud.

Foto: Huawei

Narxi

Qurilma Bluetooth 6.0 orqali ishlaydi. U bir marta quvvatlanganda 9 soatgacha, zaryadlash g‘ilofi bilan birgalikda esa 38 soatgacha ishlash imkonini beradi. Huawei FreeClip 2 S quloqchinlarining Yevropadagi narxi 230 yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nothing Ear (3a) quloqchinlari taqdimot oldidan namoyish etilgan edi.

Shuningdek