Yangiyo‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi

eʼlon qilindi
Bunga qadar hokim sifatida ishlab kelgan Ataullayev Odiljon lavozimidan ozod etildi
Yangiyo‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi / Foto: Toshkent viloyati hokimligi

San’at Shakirovich Jumaniyazov Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangiyo‘l tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimini tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. Shu paytgacha Yangiyo‘l tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Ataullayev Odiljon Qosimovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Zoyir Mirzayev Yangiyo‘l tumani hokimi lavozimiga shu paytgacha Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlab kelayotgan San’at Shakirovich Jumaniyazov nomzodini tavsiya etdi.

Xalq deputatlari Yangiyo‘l tumani Kengashi deputatlari tomonidan San’at Jumaniyazov Yangiyo‘l tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bekobod shahriga yangi hokim tayinlangan edi.

Shuningdek