O‘zbekiston Kuvaytga 600 ming dollarlik meva-sabzavot eksport qiladi

eʼlon qilindi
Kuvaytning Suma Fruits kompaniyasi va Toshkentdagi Globuz Marketing korxonasi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi
O‘zbekiston Kuvaytga 600 ming dollarlik meva-sabzavot eksport qiladi
Foto: depositphotos

O‘zbekiston kompaniyasi Kuvayt bozoriga meva-sabzavot yetkazib berish bo‘yicha $600 minglik shartnoma imzoladi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi ko‘magida Kuvaytning Suma Fruits kompaniyasi va Toshkentdagi Globuz Marketing korxonasi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shartnomaning umumiy qiymati $600 mingni tashkil etadi.

Birinchi partiya Kuvaytga yetkazildi

Kelishuv doirasida sarxil mevalarning dastlabki partiyasi 13-iyul kuni Toshkentdan jo‘natildi. Mahsulotlar BAAning Sharja xalqaro aeroporti orqali tranzit asosida Kuvaytga olib borildi.

Hozirda O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar Suma Fruits kompaniyasi orqali Kuvayt poytaxtidagi yirik savdo tarmoqlari va supermarketlarda sotilmoqda.

O‘zbekiston tomoni meva-sabzavotlarning navbatdagi partiyasini yetkazib berishga tayyorlanmoqda.

Yangi eksport yo‘nalishlari ochilishi kutilmoqda

Loyiha O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Yaqin Sharq va Ko‘rfaz arab davlatlari bozoriga eksportini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston O‘zbekiston olmasiga taqiq joriy etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Qozog‘istonning import olmaga vaqtincha taqiq qo‘yish taklifi O‘zbekiston eksportchilari uchun sezilarli ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Chunki Qozog‘iston O‘zbekiston olmasi uchun asosiy bozorlardan biri hisoblanadi.

Shuningdek