Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun arizalar qabuli boshlandi

eʼlon qilindi
OTM
Hujjatlar 5-avgustga qadar elektron platformalar orqali qabul qilinadi
Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun arizalar qabuli boshlandi
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish hamda qayta tiklash bo‘yicha onlayn arizalar qabuli 15-iyuldan boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Hujjatlar 5-avgustga qadar elektron platformalar orqali qabul qilinadi.

Arizalar qanday topshiriladi

Respublika ichidagi davlat OTMlari o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish, shuningdek, bir OTM doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar transfer.edu.uz platformasi orqali yuboriladi.

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish istagidagi talabgorlar esa my.uzbmb.uz platformasi orqali murojaat qilishi mumkin.

Yangi tartib joriy etildi

Joriy yildan xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirishda milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik tekshiriladi. Xalqaro sertifikatlar esa boshqa hujjatlar bilan birga elektron shaklda yuklanadi.

Sertifikat egalariga imtiyoz beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, chet tili va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga ushbu fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

O‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha onlayn arizalar 2026-yil 5-avgust (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar topshirish boshlangani haqida yozgandi.

Shuningdek