Javohir Sindorov va Bibisora Assaubayeva bir-biriga atalgan futbolka kiydi

15-iyul 2026 14:56 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Javohir Sindorov va Bibisora Asaubayeva bir-biriga atalgan futbolka kiydi
Foto: Bibisoraning Telegram kanalidan olindi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov va qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubayeva ijtimoiy tarmoqlarda e’tiborli suratlari bilan muxlislar diqqatini tortdi. Qozog‘istonlik shaxmatchi Instagram sahifasida hikoya ulashdi.

Foto: Bibisora Assaubayeva / Instagram

Ular bir-biriga bag‘ishlangan yozuv va tasvirlar tushirilgan futbolkalarda ko‘rinish berdi.

Bir-biriga atalgan futbolkalar

Bibisora Assaubayeva Instagram sahifasida Javohir Sindorov bilan tushgan qo‘shma suratlarni e’lon qildi. Unda Asaubayeva Sindorovning surati tushirilgan va «Mening sevimli grossmeysterim» degan yozuv bitilgan futbolkani kiygan.

Javohir Sindorov esa Bibisoraning surati tushirilgan futbolkada suratga tushgan. Futbolkaga «Yana bir «malika»ni qo‘lga kiritdim» degan yozuv joylashtirilgan.

Suratlar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi

Shaxmatchilarning ushbu suratlari qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muxlislar orasida turli munozaralarga sabab bo‘ldi. Hozircha sportchilar ushbu suratlar yuzasidan qo‘shimcha izoh bermagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sindorov AQShdagi xotira turnirida g‘olib bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek