Abbosbek Fayzullayevning raqsi, Abduqodir Husanov statistikasi — kun yangiliklari

eʼlon qilindi
Kun yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida
Новостройки в Узбекистане подорожали на 8,1% к марту 2026 года
Foto: Kursiv Uzbekistan

Abbosbek Fayzullayevning raqsi, Abduqodir Husanov statistikasi — kun yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Abduqodir Husanov qanday statistikaga ega — tahlil

Abduqodir Husanov qanday statistikaga ega — tahlil
Manba: Getty Images/ Catherine Ivill – AMA

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning 34 tasini asosiy tarkibda boshlagan. Fox Sports futbolchining o‘yinlarini tahlil qildi.

Futbolchi Angliya klubi libosida jami 3 025 daqiqa harakat qilgan. Husanovning Angliya Premyer-ligasidagi eng sermahsul davri 2025-yilga to‘g‘ri kelgan. U chempionatda 21 ta uchrashuvda qatnashib, 15 marta boshlang‘ich tarkibdan joy olgan va maydonda 1 432 daqiqa o‘tkazgan. Himoyachi ushbu bahslarda 946 ta aniq uzatmani amalga oshirgan, paslarining aniqlik darajasi 92 foizni tashkil etgan.

Jaziramada ish vaqti kimlar uchun cheklanadi — eslatma

Jaziramada ish vaqti cheklanishi kerakmi — eslatma
Foto: Ijtimoiy tarmoqlardan olindi

O‘zbekistonda keskin issiq va jazirama kuchayishi kutilayotgani sababli ochiq havoda mehnat qilayotgan xodimlarning ish vaqti cheklanishi mumkin. Bu haqda Mehnat inspeksiyasi ma’lum qildi.

Eslatmada quyosh urishi, suvsizlanish, hushdan ketish hamda yurak-qon tomir kasalliklari xavfining oshishi qayd etilgan. Shu sababli ish beruvchilarga xodimlarning sog‘lig‘ini himoya qilish uchun mehnat rejimini ob-havo sharoitiga moslashtirish majburiyati yuklatiladi.

Abbosbek Fayzullayevning raqsi muxlislar tomonidan qanday qabul qilindi

Abbosbek Fayzullayevning raqsi
Manba: You Tube

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning raqsi aks etgan video muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Rolik ostida o‘nlab foydalanuvchilar futbolchini tabriklab, unga oilaviy baxt tiladi.

Izohlarda muxlislarning aksariyati Fayzullayevning samimiy kayfiyati va raqsini yuqori baholagan. Ayrimlar uning harakatlariga «10 dan 10» ball bergan bo‘lsa, boshqalar tanlangan musiqa ham futbolchiga mos tushganini ta’kidlagan. Hazil aralash fikrlarda esa Fayzullayev nafaqat futbol maydonida, balki raqsda ham o‘zini yaxshi ko‘rsatgani qayd etilgan.

Dollar oshdi: 16-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Dollar kursi global bozorda oshishi mumkin — tahlil
Foto: Depositphotos

16-iyul uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 23,49 so‘mga oshib, 12 088,98 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 47,33 so‘mga oshib, 13 801,99 so‘mni, rubl esa 1,19 so‘mga tushib, 154,47 so‘mni tashkil etdi.

2026-yilning 6 oyida 18 nafar IIV xodimi xizmat vaqtida vafot etdi

IIV
Foto: IIV

2026-yilning dastlabki olti oyida 18 nafar ichki ishlar organi xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdi. Bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov ma’lum qildi.

«2026 yilning o‘zida 18 nafar xodim xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan. Ularning yorqin xotirasi esa qalbimizda mangu yashaydi. Shu bilan birga, 78 nafar safdoshlarimiz turli xavfli vaziyatlarni bartaraf qilish jarayonida jarohatlangan», – deya ma’lumot berdi vazir o‘rinbosari.

200 dollar uchun sarson boʻlishning foydasi yoʻq — Belarusga ishlash uchun borganlar maoshdan norozi

Foto: Vedomosti

Belarusga ishlash uchun yuborilgan andijonlik fuqarolar va’da qilingan sharoitlar kutilganidek emasligini aytib, Shuhrat Abdurahmonovga murojaat qildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, oyiga $500 maosh taklif qilingan, biroq oziq-ovqat va turarjoy xarajatlari ishchilarning o‘z hisobidan qoplanishi kerak.

Murojaat yuborgan fuqarolardan biri oylik maoshning katta qismi yashash xarajatlariga sarflanishini ta’kidladi.

«$500 oylik aytyapti. Yemogʻing oʻzingdan, yotoqni oʻzing toʻlaysan deyapti. $200 dan unga chiqib ketsa, $200 pul qolyapti. Uni Oʻzbekistonda biz undan koʻproq topamiz. Ular aytyapti, ket demayapti-yu, kechgacha hal qilamiz dedi. Shuni hal qilishingizni soʻraymiz», – deydi murojaatchilardan biri.

Sobiq futbolchi Devid Bekhemning IM8 startapi 1 mlrd dollar sarmoya jalb qildi

Sobiq futbolchi Devid Bekhem va Prenetics Global tomonidan tashkil etilgan IM8 startapi General Catalyst venchur kompaniyasidan $1 mlrd miqdorida sarmoya jalb qildi. Oninvest xabariga ko‘ra, mablag‘ning asosiy qismi kompaniyaning marketing xarajatlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

General Catalyst tarkibidagi Customer Value Fund jamg‘armasi IM8’ning marketing xarajatlarining 70 foizigacha bo‘lgan qismini moliyalashtiradi.

Buxoro va Qashqadaryoda ham bog‘chalar uch kunga yopildi

Kimlarga bog‘cha puli 50 foizga kamaytirib beriladi
Foto: depositphotos

Buxoro viloyatida kutilayotgan kuchli jazirama sabab barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Joriy hafta davomida viloyatda havo harorati 44–45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xulosasi asosida 15 – 17-iyul kunlari Buxoro viloyatidagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

Javohir Sindorov va Bibisora Assaubayeva bir-biriga atalgan futbolka kiydi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov va qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubayeva ijtimoiy tarmoqlarda e’tiborli suratlari bilan muxlislar diqqatini tortdi. Qozog‘istonlik shaxmatchi Instagram sahifasida hikoya ulashdi.

Bibisora Assaubayeva Instagram sahifasida Javohir Sindorov bilan tushgan qo‘shma suratlarni e’lon qildi. Unda Asaubayeva Sindorovning surati tushirilgan va «Mening sevimli grossmeysterim» degan yozuv bitilgan futbolkani kiygan. Javohir Sindorov esa Bibisoraning surati tushirilgan futbolkada suratga tushgan. Futbolkaga «Yana bir «malika»ni qo‘lga kiritdim» degan yozuv joylashtirilgan.

«Tashabbusli budjet»ning ikkinchi mavsumi uchun loyihalar qabuli boshlandi

«Tashabbusli budjet»ning ikkinchi mavsumi uchun loyihalar qabuli boshlandi
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

15-iyuldan boshlab «Tashabbusli budjet»ning 2026-yilgi ikkinchi mavsumi uchun loyihalarni qabul qilish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Tashabbuskor fuqarolar 3-avgustga qadar o‘z loyihalarini Openbudget.uz portali orqali taqdim etishlari mumkin. Shuningdek, 3-avgustgacha sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni ham kiritish imkoniyati yaratilgan. Shundan so‘ng 4 – 18-avgust kunlari taqdim etilgan loyihalar saralanadi.

Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun arizalar qabuli boshlandi

Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun arizalar qabuli boshlandi
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish hamda qayta tiklash bo‘yicha onlayn arizalar qabuli 15-iyuldan boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Hujjatlar 5-avgustga qadar elektron platformalar orqali qabul qilinadi.

Shuningdek