Suv fondi yer uchastkalarini tadbirkorlarga ijaraga berish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Hukumat qarori bilan
Ma’muriy huquqbuzarliklar zamonaviy talablar asosida qayta ko‘rib chiqiladi / Foto: Freepik
Suv fondi yer uchastkalarini tadbirkorlarga ijaraga berish tartibi belgilandi / Foto: Freepik

Suv fondi yerlaridan tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun ularni ijara asosida berishning yangi tartibi joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Hukumat qarori bilan «Ochiq turdagi kollektor-drenaj tarmoqlarini yopiq-yo‘tiq drenajlarga aylantirish va suv fondi yer uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, tuman (shahar) hokimliklari suv obyektlarini balansda saqlovchi tashkilotlar bilan birgalikda ochiq turdagi kollektor-drenaj tarmoqlarini yopiq-yo‘tiq drenajlarga aylantirish natijasida hosil bo‘lgan suv fondi yer uchastkalarini tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijaraga berish masalasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga murojaat qiladi.

Mazkur yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolari orqali tadbirkorlik subyektlariga ijaraga beriladi. Ochiq turdagi kollektor-drenaj tarmoqlarini yopiq-yo‘tiq drenajlarga aylantirish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari esa elektron onlayn-auksion g‘olibi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.

Shuningdek, ochiq turdagi kollektor-drenaj tarmoqlarini yopiq-yo‘tiq drenajlarga aylantirish orqali hosil bo‘lgan suv fondi yer uchastkalarining yer toifasini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ijaraga olingan hududdagi yopiq-yo‘tiq drenajlarni soz holatda saqlash va joriy ta’mirlash ishlari ham elektron onlayn-auksion g‘olibi zimmasiga yuklanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim xizmatlarda ID-kartaning asl nusxasi talab etilmasligi haqida yozgan edik.

Shuningdek