Endi my.gov.uz orqali telefon raqami va bank kartalarini boshqarish mumkin

eʼlon qilindi
My.gov.uz orqali yangi davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yilmoqda
086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani endi onlayn olish mumkin
Endi my.gov.uz orqali telefon raqami va bank kartalarini boshqarish mumkin / Foto: Hafiza Muxtorova

Endi fuqarolar my.gov.uz portali orqali telefon raqamlari va bank kartalariga oid ma’lumotlarni boshqarishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

My.gov.uz’da yangi xizmatlar

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (My.gov.uz) orqali fuqarolar va yuridik shaxslarga qator yangi elektron xizmatlar taqdim etiladi.

Jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari hamda avtotransport vositalarini garov yoki ipotekaga qo‘yishga, shuningdek, ularni begonalashtirishga taqiq qo‘yish yoki ushbu taqiqni bekor qilish bo‘yicha murojaatlarni portal orqali amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Telefon raqamlari va bank kartalarini boshqarish

Portal orqali fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan va foydalanilayotgan telefon raqamlari hamda bank kartalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi va ularni boshqarishi mumkin bo‘ladi.

Xususan, telefon raqamini ma’lum muddatga nofaol holatga o‘tkazish yoki qayta faollashtirish, foydalanilmayotgan telefon raqamlariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish bo‘yicha ariza yuborish hamda telefon raqamiga ulangan pullik xizmatlar haqida ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, fuqarolar bank kartalarini bloklash yoki yopish bo‘yicha emitent bankka ariza yuborishi mumkin bo‘ladi.

Notarial harakatlar haqida xabarnoma

Yangi tartibga ko‘ra, fuqaro nomiga yangi notarial harakat rasmiylashtirilganida bu haqda My.gov.uz orqali avtomatik xabarnoma yuboriladi va ushbu harakatlar hisobini yuritish imkoniyati ham yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim xizmatlarda ID-kartaning asl nusxasi talab etilmasligi haqida yozgan edik.

Shuningdek