48 daraja: O‘zbekistonda qaysi kunlari anomal issiq kutilmoqda

eʼlon qilindi
18 – 20-iyul kunlari
48 daraja: O‘zbekistonda qaysi kunlari anomal issiq kutilmoqda
Foto: depositphotos

18 – 20-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi. Shu sababli mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati 46–48 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Issiq havo kuchayadi

Gidrometeorologik axborotga ko‘ra, 18 – 20-iyul kunlari respublika bo‘yicha havo harorati 43–45 darajagacha yetishi kutilmoqda.

Janubiy va cho‘l hududlarda esa ayrim joylarda harorat 46–48 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Shamol kuchayishi mumkin

Shu kunlarda respublika bo‘yicha shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi prognoz qilinmoqda.

Ba’zi joylarda shamol tezligi 20–22 metr/soniyagacha yetishi mumkin.

Kuchli shamol ayrim hududlarda chang-to‘zonlar bilan birga kuzatilishi ehtimoli bor.

Mutaxassislar issiq kunlarda quyosh ostida uzoq qolmaslik, ko‘proq suyuqlik ichish va zarurat bo‘lmasa kunduzi tashqariga chiqmaslikni tavsiya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jaziramada ish vaqti kimlar uchun cheklanishi haqida ma’lumot berilgandi. O‘zbekistonda keskin issiq va jazirama kuchayishi kutilayotgani sababli ochiq havoda mehnat qilayotgan xodimlarning ish vaqti cheklanishi mumkin.

Shuningdek