Mahalla raislariga yerlarni auksionga chiqarish vakolati beriladi

eʼlon qilindi
Rais bankirga aniq vazifa qo‘yadi
Mahalla raislariga yerlarni auksionga chiqarish vakolati beriladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Mahallalarda xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshootlari qurish uchun bo‘sh yerlarni auksionga chiqarish vakolati mahalla raislariga beriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi tartib Quva mahallasi misolida ko‘rsatildi

Yangi Quva mahallasida 51 nafar ishsiz fuqaro bor. Ularning to‘rt nafari agrotexnikumni bitirgan va xonadonida 10 sotixdan tomorqaga ega.

Shu sababli mahalla raisi tomorqada gul ko‘chati yetishtirishga ixtisoslashgan yengil konstruksiyali issiqxona qurish bo‘yicha mahalla bankiriga buyurtma beradi.

Rais bankirga aniq vazifa qo‘yadi

Qolgan ishsiz fuqarolar bo‘yicha ham mahalla raisi xonadonbay o‘rganish o‘tkazadi.

Bunda kim tadbirkor bo‘lmoqchi, qaysi oila daromadini oshirmoqchi, kimga kredit, uskuna yoki yer kerakligi aniqlanadi. Shundan keyin mahalla bankiriga aniq vazifa beriladi.

Bo‘sh yerlar ijtimoiy obyektlar uchun ajratiladi

Yangi Quva mahallasida bog‘cha yetishmagani sabab 50 nafar bola qo‘shni mahallaga qatnayapti. Hududda esa 70 sotix bo‘sh yer mavjud.

Shu munosabat bilan mahalla raislariga xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshootlari qurish uchun yerlarni auksionga chiqarish vakolati berilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mahallada ishni to‘g‘ri tashkil qilmagan 152 rahbar ishdan olingandi. Yana 700 nafar mas’ulga intizomiy chora ko‘rildi.

Shuningdek