Endi quruq hisobot emas, daromadli loyiha kerak: banklar uchun yangi talab

eʼlon qilindi
Prezident raisligidagi yig‘ilishda mahalla bankirlari oldiga aynan shunday qat’iy talab qo‘yildi
Endi bitta mahalla bankiriga ko‘pi bilan uchta mahalla biriktiriladi / Foto: ChatGPT

Endi banklar har bir mahallaning «o‘sish nuqtasi»ni aniqlab, tashabbuskorlarni topishi va daromadli loyihalarni ko‘paytirishi zarur. Prezident raisligidagi yig‘ilishda mahalla bankirlari oldiga aynan shunday qat’iy talab qo‘yildi va ish sifatini oshirish uchun har bir mutaxassisga ko‘pi bilan uchta mahalla biriktirilishi belgilandi.

Muvaffaqiyatli tajribalar

Yig‘ilishda joylardagi samarali tajribalar ham qayd etildi. Jumladan, Angor tumanidagi Yangiobod mahallasida 2 kilometr zovur usti yopilib, 110 ta servis obyekti ishga tushirilgan. Natijada mahalla hududida yashovchi 1 ming 225 nafar fuqaro ish bilan ta’minlanib, daromad manbaiga ega bo‘lgan.

Arnasoy tumanidagi Baxtli mahallasida esa mahalla bankiri 20 ta xonadonga 50 mln so‘mdan kredit ajratib, mehmon uylari tashkil etilishiga ko‘maklashgan. Natijada har bir xonadon bir mavsumda 100 mln so‘mgacha daromad olmoqda. Ushbu tajriba samara bergani bois yana 80 ta oila shunday mehmon uylarini tashkil etishga kirishgan.

400 nafar yangi mahalla bankiri tanlab olinadi

Yig‘ilishda ikki hafta ichida tashabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va yosh mutaxassislar orasidan 400 nafar yangi mahalla bankiri saralab olinishi belgilandi.

Ular bir oy davomida namunali mahallalarda amaliy tajriba o‘tab, mahallalarda daromadli loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha malakasini oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek