Xodimlarga har yili kamida 21 kunlik mehnat ta’tili beriladi — qonundan eslatma

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, xodimlarga har yili yillik mehnat ta’tili beriladi, ayrim toifadagi xodimlar esa uzaytirilgan ta’til olish huquqiga ega.
Asosiy mehnat ta’tili muddati
Mehnat kodeksining 217-moddasiga ko‘ra, har bir xodimga har yili kamida 21 kalendar kun asosiy mehnat ta’tili beriladi.
Ayrim toifadagi xodimlar uchun ta’til uzaytiriladi
Mehnat kodeksining 218-moddasiga muvofiq, ayrim toifadagi xodimlar uchun yillik mehnat ta’tili uzaytirilgan muddatda belgilanadi.
Xususan, 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga 30 kalendar kun, I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga ham 30 kalendar kun ta’til beriladi. Davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi organlari xodimlari uchun esa yillik mehnat ta’tili 27 kalendar kunni tashkil qiladi.
Ayrim kasblar uchun alohida tartib mavjud
Shuningdek, qonunchilikda ayrim kasb va lavozim egalari uchun mehnat ta’tilining muddati alohida tartibda belgilanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq iste’molchilar qonunan qanday huquqlarga ega ekani haqida yozgan edik.