Banklarda avtokredit bo‘yicha foiz stavkalari deyarli o‘zgarishsiz qoldi

13-iyul holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,5 foizdan 21,4 foizga tushdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,9 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 23,3 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng past avtokredit stavkasi «BRB» tomonidan taklif qilingan bo‘lib, 18,1 foizni tashkil etdi. Bungacha ham eng kam foiz «BRB» (18,3%) tomonidan taklif qilingandi.
Xususan, eng kam foizli avtokreditlar quyidagi banklarda ham kuzatilmoqda:
- «BRB» – 18,1%;
- «Ipoteka bank» – 18,7%;
- «Davrbank» – 19,7%;
- «Apex bank» – 20,9%;
- «Aloqabank» – 21,1%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:
- «Hamkorbank» – 24,9%;
- «Mikrokreditbank» – 24,6%;
- «Asia Alliance bank» – 24,1%;
- «TBC bank» – 24%;
- «Octobank» – 24%.
Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.
Mikroqarzlar
Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 29,1 foizdan, 29 foizga pasaydi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,9 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 23,3 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:
- «AVO bank» – 39,9%;
- «Uzum bank» – 38%;
- «Davr bank» – 34,7%;
- «Ipoteka bank» – 34,1;
- «Ipak yuli bank» – 34%.

Eng past mikroqarz foiz stavkasi «Aloqabank» (22,8%) tomonidan taklif qilinmoqda. Bundan avval ham eng kam foiz stavkasi shunday bo‘lib, uni ham «Aloqabank» taklif etgandi.
Bundan tashqari, eng kam foizli mikroqarzlar quyidagi banklarda ham mavjud:
- «Aloqabank» – 22,8%;
- «Infinbank» – 24%;
- «Trastbank» – 24,1%;
- «Asia Alliance bank» – 24,2%;
- «Milliy bank» – 25,2%.
Eslatib o‘tamiz, 2026 – 2028-yillarda O‘zbekiston bozorida UzAuto Motors avtomobillarining o‘rtacha narxi $10,8 ming atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Fitch Ratings agentligi hisobotiga ko‘ra, 2026-yilda UzAuto Motors avtomobil savdosini 1,3 foizga oshirib, 400 ming donaga yetkazadi. Narxlar barqaror saqlanib qolishi fonida kompaniya daromadi $4,4 mlrdga, 2029-yilga borib esa $4,7 mlrdga yetishi kutilmoqda.