Ekstremal issiq: dam olish kunlari havo qanday bo‘ladi

eʼlon qilindi
Kunduz kunlari havo harorati 46–48 darajagacha ko‘tariladi
Ehtiyot bo‘ling! 13–17-iyul kunlari O‘zbekistonda anomal issiq kuzatiladi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha jazirama kuchayishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo harorati 42–45 darajagacha, janubiy va cho‘l hududlarda esa 46–48 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Issiq ob-havo saqlanib turadi

Shanba va yakshanba kunlari respublika hududida havo juda issiq bo‘ladi. Ayniqsa janubiy viloyatlar va cho‘l hududlarda harorat 48 darajagacha yetishi mumkin.

Shu kunlarda shamol 9–14 metr/soniya tezlikda esadi. Ba’zi joylarda u 15–18 metr/soniyagacha, shimol, janub va cho‘l hududlarda esa ayrim vaqtlarda 20–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.

Dushanba kuni ham issiq davom etadi

20-iyul, dushanba kuni respublikaning katta qismida ekstremal issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda havo harorati pasaya boshlashi kutilmoqda

21-iyul, seshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida issiq asta-sekin chekina boshlaydi. Prognozlarga ko‘ra, havo harorati 6–9 darajaga pasayadi.

Toshkentda 43–45 daraja bo‘ladi

Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Shanba va yakshanba kunlari poytaxtda kunduzgi harorat 43–45 daraja, kechasi esa 25–28 daraja atrofida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq anomal issiqda elektr iste’moli keskin oshgani sabab qisqa muddatli cheklovlar joriy etilgandi. 16-iyul kuni sutkalik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 295,4 mln kVt/soatni tashkil etdi. Bu 15-iyuldagi 291,4 mln kVt/soatlik ko‘rsatkichdan 4 mln kVt/soat yoki 1,37% ko‘p.

Shuningdek